Get Mystery Box with random crypto!

#bandlik Joriy yilning 28-mart kuni O'zbekiston Respublikasi | Toshkent viloyati hokimligi

#bandlik

Joriy yilning 28-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligida o'tkazilgan video selektor yigilishida hududlardagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi korxonalarning ishchi kuchiga ega bo'lgan ehtiyoji, ishchilar uchun imtiyozlar va yaratilgan imkoniyatlarni o'rganish topshirigi berildi.

Topshiriq ijrosini bajarish maqsadida “Ishga joylashtirish kunlari” o'tkazish boyicha, Yuqori Chirchiq tuman kambagallikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan 14 aprel kuni kichik sanoat zonasida joylashgan “MODERN POVER SYSTEM” MCHJda ishga joylashtirish kuni otkazildi.

“MODERN POVER SYSTEM” MCHJ 2017 yilda tashkil etilgan bo'lib, quyosh panellarini ishlab chiqarish yo'lga qoyilgan. Korxonada hozirgi kunda 70 nafar fuqarolar ishlab kelmoqda. 15 ta bo'sh ish orinlari mavjud.

Jarayonda 20 nafar yoshlardan 6 tasi korxonaga doimiy ishga joylashishini bildirdi va markaz tomonidan yoʻllanma berildi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter