Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman Muazzam Valiyeva, Oʻrtachirchiq tumani “Changt | Toshkent viloyati hokimligi

#befarqemasman

Muazzam Valiyeva, Oʻrtachirchiq tumani “Changtepa” mahallasi yoshlar yetakchisi:

— Yurtimiz boʻylab yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi boʻyicha koʻplab fikr va takliflar ilgari surildi. Meni eng quvontirgan jihati, Konstitutsiya loyihasining 42-moddasida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi, degan normaning aks ettirilishidir. Homilador va bolali ayollarning mehnat qilish huquqi konstitutsiyaviy tartibga solinmoqda. Biz ayollar uchun oila, yoshlar va bolalarga bagʻishlangan Konstitutsiyaning 14-bobi muhim ahamiyatga egadir. Oʻylaymanki, yangi Konstitutsiya — Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi, mehnatsevar xalqimizning qadr-qimmatini himoya qilish uchun koʻp yillar xizmat qiladi. Men Bosh Qomusimizga befarq emasman, siz ham befarq boʻlmang!

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter