Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va tashabbuslarini ra | Toshkent viloyati hokimligi



Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va tashabbuslarini ragʻbatlantirish maqsadida hududlarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun qisqa satrlarimizda shu haqida soʻz yuritamiz.

Nurafshon shahri. Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan shahmat turniri o'tkazilmoqda. Agentlik tomonidan g'oliblarga 5 mln so'm miqdordagi pul sovrini qo'yilgan.

Boʻka tumani. 1-sektor hududidagi 18-umumtaʼlim maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning “shashka” sport turi boʻyicha mahalla bosqichi oʻtkazildi.

Toshkent tuman. 9-sonli Ixtisoslash Davlat Umumta'lim Maktabining sport zalida ”Besh tashabbus olimpiadasi“ning birinchi mavsumi doirasida sportning mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi.

Chirchiq shahri.Besh tashabbus olimpiadasi“ning joriy yilgi koʻchalararo mahalla musobaqalari stirtbol bosqichi boʻyicha oʻtkazilmoqda.

Bekobod shahri. Yoshlar ishlari agentligi va Bekobod sport maktabi bilan hamkorlikda 1-sektor xududida miniy fudbol sport turidan mahalla bosqichi o'tkazildi.

Yangiyo'l tumani. Tuman huquq-tartibot idoralari tashabbusi bilan o'tkazilgan futbolning final bosqichi oʻz yakuniga yetdi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH