Get Mystery Box with random crypto!

​Nutqimizda 'chapani' so'zini tanti, dangal, gapning to'g'ris | 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐦𝐮𝐫𝐨𝐝𝐨𝐯𝐚

​Nutqimizda "chapani" so'zini tanti, dangal, gapning to'g'risini aytib qo'ya qoladigan odamga nisbatan aytishga o'rganib qolganmiz. "Chapani odam" deb kimlarnidir maqtaymiz.
Ammo izohli lug'atda bu so'z biroz boshqacha izohlangan. Asli forscha bo'lgan so'zga "juldur, uvada kiyingan, juldurvoqi, bezorinamo, olifta, yengil-yelpi hayotga o'rgangan odam" deb ta'rif berilgan. Demak, bu so'z asl ma'nosidan yiroqlashib boryapti. Yaqin tariximizda ham "chapani" so'zi salbiy ma'noda ishlatilgan ekan.

So'zlar etimologiyasiga qiziqqanlarga Eshqobil Shukurning "Boboso'z izidan" kitobini tavsiya qilaman. Aytgandek, qumqo'rg'onliklar bormi?! Adib vohamizning dilbandi!