Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordam | TOSHKENT LIVE 24

O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) o‘rin olgan.

TOSHKENT LIVE 24