Get Mystery Box with random crypto!

Qirgʻizistonda 5 yoshli qizchaning yuziga qaychi kirib ketdi | Toshkentliklar_24_Toshkent

Qirgʻizistonda 5 yoshli qizchaning yuziga qaychi kirib ketdi

Qirgʻizistonning Qorasuv tumanida 5 yoshli qizcha stoldan yiqilishi oqibatida uning yuziga qaychi kirib ketdi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib, mahalliy nashrlardan biri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 9-mart kuni sodir boʻlgan. Qizaloq uyida oʻynayotgan vaqtida stoldan yiqilib tushgan. Oqibatda, qizning qoʻlida boʻlgan qaychi uning yuziga kirib ketgan. Shundan soʻng, u zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan.
Shifokorning aytishicha, qaychi qizning yuziga 6-7 sm uzunlikda kirgan. Murakkab operatsiyadan soʻng qaychi chiqarib olingan.

“Yaxshiyamki, qaychi yirik arteriya tomirlariga tegmapti, aks holda bolaning hayoti jiddiy xavf ostida qolardi. Hozirda qizning ahvoli yaxshi. U kasalxonadan chiqishga tayyorlanmoqda”, - deyiladi kasalxona bergan bayonotda.

@TOSHKENTLIKLAR каналига
обуна бўлинг.
➥ https://t.me/+zjxVccNE954xZjky
https://t.me/+zjxVccNE954xZjky