Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati Zakovat klubi

Telegram kanalining logotibi toshkent_zakovatnnt — Toshkent viloyati Zakovat klubi T
Telegram kanalining logotibi toshkent_zakovatnnt — Toshkent viloyati Zakovat klubi
Kanal manzili: @toshkent_zakovatnnt
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 866
Kanalning ta’rifi

Toshkent viloyati Zakovat Intellektual Klubi Rasmiy kanali
Murojaat uchun: 998935337579
@Dostonbek_Jorayev

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-30 15:23:41
“Zakovat” - faqat yoshlar o‘yini emas

Yaqinda bo‘lib o‘tgan hududiy “Zakovat” o‘yinlaridan keyin ba’zi kuzatuvchilar turnirlarda keksa yoshli ishtirokchilar ham qatnashayotganiga e’tibor qaratdi. Ammo bu holat yangilik emas.

Xususan, Navoiy viloyatidagi o‘yinda qatnashgan 64 yoshli Rauf Asanov Navoiy klubining doimiy a’zosi hisoblanadi va klub o‘yinlarida ham muntazam qatnashib boradi. Rauf Asanov Navoiy viloyatida faqat intellektual o‘yinlar bilan cheklanmay, yoshlar orasida futbol musobaqalarini tashkil etishda ham tashabbus ko‘rsatib, ularni o‘z hisobidan sovg‘alar bilan rag‘batlantirganiga ham guvoh bo‘lish mumkin.

Samarqandlik 74 yoshli otaxon bilimdon - Hamdullo Hojiyev ham Samarqand viloyatida tashkil etiladigan yirik intellektual turnirlarda qoldirmay qatnashadi. Hamdullo boboni ba’zilar 2021-yil martida Samarqand viloyatidagi Breyn-ring musobaqasining eng keksa ishtirokchisi bo‘lgani bilan eslab qolgan. O‘sha vaqtda otaxon Breyn-ringga qiziqishi ortidan turnirning eng keksa ishtirokchisi sifatida 10 mln so‘m bilan rag‘batlantirilgani ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgandi.

Hamdullo bobo “Zakovat”da o‘z savollari bilan ham ishtirok etib keladi. Bunga misol sifatida 2019-yil finalida otaxonning Saidakrom Rasulev jamoasiga qarshi ishtirok etganini keltirish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
337 views12:23
Ochish/sharhlash
2022-12-30 14:26:25 2022-yilda "Zakovat" NNT tomonidan o'tkazilgan yirik turnirlar:

1. Intellektual marafon
(30-yanvar, g'olib — "Espero" jamoasi;

2. "Xotira" turniri (8-may, g'olib — "Jobir Ahmedov" jamoasi);

3. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati (19-20 iyun, g'olib — "EnerGy" jamoasi);

4. Mahallalar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati — (final bosqichi 22-iyun, g'olib — Samarqand viloyati Payariq tumani "Sorisuv" mahallasi);

5. Toshkent "Intellektual marafon"i (4-sentyabr, g'olib — "Jobir Ahmedov" jamoasi);

6. “Zakovat” o‘yini bo‘yicha I Markaziy Osiyo chempionati va kubogi (24-25-sentyabr, g'oliblar — "Простые работяги" va Qozog'iston terma jamoalari);

7. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" chempionati (final bosqichi 9-oktyabr, g'olib — Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 36-maktab);

8. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” chempionati (11-oktyabr, g'olib — Namangan shahridagi Prezident maktabi);

9. O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" chempionati (final bosqichi 16-oktyabr, g'olib — UrDU akademik litseyi);

10. "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri (final bosqichi 29-30-oktyabr, g'oliblar — "A" guruh - Javohir Sindorov, "B" guruh - Xumoyun Begmurodov, "C" guruh - Afruza Hamdamova, "D" guruh - Islombek Sindorov, "E" guruh - Madinabonu Xalilova, shuningdek, shaxmat mavzusidagi "Zakovat" musobaqasi - "Respect" jamoasi);

11. O'qituvchilar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati (final bosqichi 27-noyabr, g'olib — Farg'ona davlat universiteti);

12. Mahallalar o'rtasidagi "Zakovat" chempionati — (final bosqichi 7-dekabr, g'olib — Buxoro viloyati Buxoro shahri "Ahmad Donish" MFY);

13. OTM talabalari o'rtasidagi "Intellektual olimpiada" (umumiy hisobda — QarDU, "Zakovat" musobaqasida — TTA, Breyn ringda — ADU, Erudit-kvartetda — NamDU, Shaxsiy o'yinda — O'rozboy Qudratov (JDPU));

14. Sportcha "Zakovat" bo'yicha O'zbekiston chempionati (24-25-dekabr, g'olib — "Espero" jamoasi);

15. Shaxsiy o'yin bo'yicha O'zbekiston chempionati (24-25-dekabr, g'olib — Saidakrom Rasulev);

16. Vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” turniri (27-dekabr, g'olib — Milliybank jamoasi);

Zakovat +
200 views11:26
Ochish/sharhlash
2022-12-29 21:02:04
Сифатли таълим вақти келди

Пришло время качественного образования

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
205 views18:02
Ochish/sharhlash
2022-12-29 17:54:11 Yil yakunlanmoqda,sizni e'tiboringizga ba'zi bir statistik ma'lumotlarni taqdim qilmoqchimiz.
Esingizda bo'lsa Toshkent viloyatida Zakovat intellektual klubi 2022-yil 24-aprelda o'z faolyatini boshlagandi.Albatta bunga asosiy turtki "Zakovat intellektual klubi" NNT bo'ldi.O'sha kundan boshlab hozirgi kungacha "Toshkent viloyati zakovat klubi"da bo'lib o'tayotgan mavsum o'yinlari 2022-yilgi umumiy reyting jadvalini sizlarga taqdim etamiz!

@Toshkent_ZakovatNNT
334 views14:54
Ochish/sharhlash
2022-12-29 09:08:53
Toshkent viloyati Zakovat klubi 3-tur doirasida Shaxsiy o'yin g'oliblari:


1-o‘rin - Jahongir Temirov - Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi;
2-o‘rin - Hurshid Jalolov - O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi;
3-o'rin - Mullakuchak Yahyoyev   - Geografiya fani o'qituvchisi


@Toshkent_ZakovatNNT
299 views06:08
Ochish/sharhlash