Get Mystery Box with random crypto!

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektua | Toshkent viloyati Zakovat klubi

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi!

Shu yilning 8-yanvar, yakshanba kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Ichki ishlar vazirligi va “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

Turnirda O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari va harbiy soha vakillaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar ishtirok etishi mumkin. Jamoalar tarkibi 6 ta bilimdondan iborat bo‘ladi.

Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z tarkibini turnir nizomida keltirilgan namunaga muvofiq zakovat@exat.uz manziliga jo‘natishlari lozim.

Turnir 3 ta turdan iborat va unda jami 36 ta savol o‘ynaladi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar smart televizorlar bilan taqdirlanadi!

Turnir Toshkent shahridagi Yoshlari ijod saroyida soat 10:00da boshlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok