Get Mystery Box with random crypto!

​​Kanalimizdagi xabarlar yil davomida 50 million martadan oshi | Toshkent viloyati Zakovat klubi

​​Kanalimizdagi xabarlar yil davomida 50 million martadan oshiq o‘qildi!

2022-yil “Zakovat intellektual klubi” kabi “Zakovat”ning telegram kanali uchun ham sermahsul yil bo‘ldi.

TGStat xizmati “Zakovat intellektual klubi” NNTning telegram kanali uchun 2022-yil statistikasini chiqardi:

yil davomida 3235 ta post qoldirilgan (bir kunga o‘rtacha 9 ta post to‘g‘ri keladi);

yil davomida kanaldagi postlar jami 51 million martadan ko‘proq ko‘rilgan;

kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va o‘zaro bir-biriga 200 ming martadan ko‘proq ulashgan (forvard qilgan);

kanaldagi postlar bir kunda jami o‘rtacha 140 ming marta ko‘rilgan;

kanalimizda bitta post o‘rtacha 16 ming marta ko‘rilmoqda;

705 ta kanal bizdan iqtibos olgan, 2365 marta boshqa kanallar eslagan, 2071 marta repost qilishgan;

23 ming nafardan ortiq yangi obunachi qo‘shilgan (chiqib ketganlardan tashqari).

E’tibor uchun barcha obunachilarimizdan minnatdormiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok