Get Mystery Box with random crypto!

LOTEREYA OʻYNOVCHILARGA HAZIL HIKOYA. Bir odamning eshagi boʻ | VideoUZ 🎥

LOTEREYA OʻYNOVCHILARGA
HAZIL HIKOYA.

Bir odamning eshagi boʻlgan ekan. Uni boshqa bir odamga yuz mingga sotaman deb pulini olibdida eshagini ertaga berishga kelishibdi. Ammo baxtga qarshi kechqurun eshagi oʻlib qolibdi.
Ertasi kuni xaridor eshagini soʻrasa, sotuvchi eshak oʻlib qoldi ammo pulniyam ishlatib boʻldim debdi. Xaridor pulni toʻla desa ikki kun vaqt ber, oʻlik eshagimi yaxshi pulga sotvolay debdi.
Ikki kundan soʻng sotuvchi xaridorga yuz ming olib kelib beribdi. Xaridor oʻlik eshagingni qanday sotding deb soʻrabdi.
Sotuvchi :
-Eshagimning oʻlganini bildirmay ikki ming soʻmlik lotereyaga qoʻydim. Beshyuzta lotereya sotibman. Bir million boʻldi . Yuz ming senga berdim , toʻqqiz yuz foyda qildim, debdi.
Xaridor:
- Hech kim surishtirmadimi ,desa,
-Surishtirdi faqat bir kishi. Uyam lotereyasiga yutuq chiqqan odam.
- Nima boʻldi keyin.
- Hech nima , eshagim oʻlib qoldi , deb ikki mingini qaytarib berdim , dermish.


@KOMEDY

Tarqatamiz va A'zo bo'lamiz