Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar Ayrim mahsulotlar xaridi uchu | TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim mahsulotlar xaridi uchun QQS qaytariladi

Prezident qaroriga koʻra joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS qaytariladi.

QQS qaytarib beriladigan mahsulotlar roʻyxati
Qoʻy goʻshti
Parranda goʻshti
Mol goʻshti
Tuxum
Oʻsimlik yogʻi

QQSni qaytarib olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi isteʼmolchi Soliq mobil ilovasini yuklab olib, FACE ID orqali roʻyxatdan oʻtishi hamda ilovada xarid chekining QR-kodini skaner qilishi lozim.

QQSni qaytarishda sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kirganligi, xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reestri” da ekanligi hamda tadbirkor QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi inobatga olinadi.

Agar reestrdagi isteʼmolchi:

QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib chekni roʻyxatdan oʻtkazganda QQS qaytariladigan mahsulotlar uchun 12%, boshqa turdagi mahsulotlar uchun 1% keshbekka ega boʻladi;

QQS toʻlovchisi boʻlmagan
tadbirkorlik subyektidan QQS qaytariladigan mahsulotlar sotib olganda 1% keshbek qaytariladi.

QQS summasi chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ng Soliq mobil ilovasi orqali toʻlab beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter