Get Mystery Box with random crypto!

#Uchtepa #Yunusobod #seminar Ayni kunlarda Yangi texnologiyal | TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal

#Uchtepa
#Yunusobod
#seminar

Ayni kunlarda Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasining soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi xodimlari poytaxtimiz tumanlari bo'ylab bir qancha tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazib kelmoqda.

Soliq sohasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bo'yicha soliq to'lovchilarga ma'lumotlar berish va ularni qiynab kelayotgan muammolarga ijobiy yechim topish maqsadida o'tkazib kelinayotgan seminarlarning navbatdagisi Uchtepa hamda Yunusobod tumanlarida bo'lib o'tdi. Ushbu jarayonda mutaxassislar tomonidan ko'plab tadbirkorlarning muammolari tinglandi va ularni bir nechtasi joyida hal etilib, vaqt talab etuvchi murojaatlar ro'yxati shakillantirildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB