Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi muammo va takliflar o‘ | Poytaxt_adliya

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi muammo va takliflar o‘rganildi

Bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Axmedov tomonidan Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomatlashtirilgan (office.birdarcha.uz) yangi tizimiga kiritilgan oʼzgartirishlar yuzasidan tizimdagi masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jumladan, Davlat xizmatlari markazidagi aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlaridagi muommolar muhokama qilindi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Markaz xodimlari bilan profilaktik suhbatlar o'tkazilib, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish, ularga shaffof va tezkor xizmat ko‘rsatish davlat xizmatlarini ko‘rsatishning asosiy tamoyili ekanligini yana bir bor ta’kidlab o'tildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/toshadliya