Get Mystery Box with random crypto!

#Hududlardan_xabarlar #Bo‘stonliq_tumani #Istiqlol_inshootla | Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim tizimi axborot rasmiy kanali

#Hududlardan_xabarlar

#Bo‘stonliq_tumani

#Istiqlol_inshootlari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi arafasida Bo‘stonliq tumanining «Aydarali» mahalla fuqarolar yig‘inida qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Mazkur hududida 90 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy 27-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, o‘rinbosarlari, tuman hokimi, hokimlik vakillari ishtirok etib barchani mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami bilan tabriklab, zamonaviy uslubda qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining shart-sharoitlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ancha vaqtdan beri orziqib kutilayotgan ushbu tashkilot bolalarni barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarida o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddamiz.

Manba:Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmati.

Bizning kanalga qo'shiling:
https://t.me/Tosh_v_MTB_Matbuot