Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, qadrli hamkasblar! S | Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim tizimi axborot rasmiy kanali

#Tabrik

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, qadrli hamkasblar!
Sizlarni eng ulug‘ va aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni va yaqinlaringizni davlatimiz tarixidagi muhim sana – Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Mustaqil Vatanimiz – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!

Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan, Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi!

Bizning kanalga qo'shiling:
https://t.me/Tosh_v_MTB_Matbuot