Get Mystery Box with random crypto!

9-sinf Fayllar Bazasi

Telegram kanalining logotibi toqqizinchisinfga — 9-sinf Fayllar Bazasi 9
Telegram kanalining logotibi toqqizinchisinfga — 9-sinf Fayllar Bazasi
Kanal manzili: @toqqizinchisinfga
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.36K

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-12-10 05:53:45
205 views02:53
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:52:28 Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov (1916-yil 5-may — 2002-yil 15-iyun) — bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Burhonov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan (1947, 1978 va 1992-yillardagi talqinlarini). Shuningdek, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlarini yozgan, bir necha opera va film, jumladan, „Maftuningman“ filmi musiqasini bastalagan. Oʻzbeklar orasida eng sevimli qoʻshiqlarga aylangan „Doʻppi tikdim“ va „Maftuningman“ qoʻshiqlari musiqasini bastalagan.

Burhonov Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor hamda a kapella janri asoschilaridan biri hisoblanadi. Burhonov bir necha orden va medal, jumladan, „Shuhrat“ medali (1994), „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (1998) hamda „El-yurt hurmati“ ordeni (2001) bilan taqdirlangan. Bastakor oila qurmagan va kamtarona hayot kechirgan.

Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida tugʻilgan. Oilada besh farzand boʻlgan – Mutal Burhonovning Minhojiddin va Misbohiddin ismli ikki akasi va Mohida va Fotima ismli ikki opasi boʻlgan. (Opasi Fotima Fitratga turmushga chiqqan.) Otasi madrasada matematikadan saboq bergan. Otasining aka-ukalari, xususan, Mazhariddin Burhonov, Mukammil Burhonovlar jadidchilar boʻlgan.

Burhonov sakkiz yoshida amakisi Mukammil unga tanbur olib bergan. Keyinchalik Burhonov Otagʻiyos Abdugʻaniyevdan tanbur chalishni oʻrgangan.

1919-yil Burhonovning otasi vafot etgan. Oʻn yoshida onasidan ayrilgan. 1934-yil akasi Misbohiddin Burhonovga xalq dushmani ayblovi qoʻyilib, Sibirga surgun qilingan. 1937-yil akasi va amakilari jadidchilikda ayblanib qatagʻon qilingan, 1938-yil otib tashlangan.

Burhonov 1928—32-yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, 1939—41- va 1946—49-yillarda esa Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan. Konservatoriyada Sergey Vasilenkodan kompozitsiya, Grigoriy Stolyarovdan dirijyorlik boʻyicha saboq olgan. Oʻsha yillari Uygʻun va Izzat Sulton yozgan „Alisher Navoiy“ dramasiga musiqa, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlar yaratgan.

Burhonov 1941-yil Ikkinchi jahon urushida Moskva mudofaasida qatnashgan. 1949—51-yillarda „Oʻzbekiston“ radiosida badiiy rahbar, 1955—60-yillarda Oʻzbekiston Kompozitorlar uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimida ishlagan.

Burhonov ijodida vokal musiqasi, ayniqsa, romans, joʻrsiz xor va vokal-simfonik janrlar asosiy oʻrin tutadi: „Tabassum qilmading“, „Namedonam Chi nom dorad“, „Ishqida“ va boshqa romanslari, „Alisher Navoiyga qasida“ (Abdulla Oripov, 1968) va boshqa Sharq xalqlari qoʻshiqlarini joʻrsiz xor uchun „mahorat bilan, milliy musiqaga xos nafislik va jozibalilikni toʻla saqlagan holda qayta ishlagan“.[1] Burhonov qozoqcha „Dudaray“, eroncha „Goʻle gandum“, oʻzbekcha „Goʻzal qizga“, afgʻoncha „Chashmi siyoh“ va boshqa koʻpgina bolalar qoʻshiqlarini bastalagan va xor uchun qayta ishlagan.[3]

Shuningdek, Burhonov qator filmlarga, xususan, „Surayyo“, „Abu Ali Ibn Sino“, „Maftuningman“, „Orol baliqchilari“, „Boy ila xizmatchi“ kabi filmlarga musiqa bastalagan. „Alisher Navoiy“ operasi (1986) hamda „Abadiy xotira“ rekviyemini (1996) yozgan. 1992-yil mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan. Oʻzbekiston SSRning 1947- hamda 1978-yillardagi madhiyalari musiqasini ham Burhonov yaratgan.

Burhonov oila qurmagan va kamtar hayot kechirgan.[2] 1998-yil „Koʻngil xazinasi (Burhonnoma)“ kitobini yozgan. Bastakor 2002-yil 15-iyunda 86-yoshda vafot etdi. 2016-yil „Oʻzbekkino“ milliy agentligi Burhonov hayoti va ijodi haqida „Mutal Burhonov. Ohanglarda yashayman hamon...“ hujjatli filmini suratga olgan.
154 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:52:28
Mutal Burhonov madhiya musiqasi muallifi.
105 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:52:04 Abdulla Oripovning hayoti va ijodi

Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. U 1958-yilda orta maktabni ,,Oltin medal” bilan bitirdi. Shu yili ToshDU ning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1963-yilda o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatib, ,,Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kirdi. 1967-1974 yillarda ,,Gafur Gulom” nashriyotida muharrir sifatida faoliyat yuritdi va 1974-1976-yillarda ,,Sharq yulduzi” jurnalining nazm bo’limini boshqardi. 1976-1982-yillarda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda masul kotib, 1983-1985-yillarda ,,Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1996-yil mart oyidan 2009-yil may oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishladi . 1983-yilda ijodkorga Hamza nomidagi Davlat mukofoti hamda O’zbekiston Xalq shoiri unvoni berildi. Abdulla Oripov 1994-yilda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti, 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Uning ilk kitobi – “Mitti yulduz” 1965-yilda nashr etilgan. “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim”, “O’zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli” (1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari”, «Munojot» (1992), “Saylanma” (1996), “Dunyo”, “Bedorlik”(1999), “Shoir yuragi” (2003), “Everest va ummon” (2016) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir ozbek adabiyotini quyidagi dostonlar bilan boyitdi: “Jannatga yo‘l” (1978), “Hakim va ajal”(1980), “Ranjkom” (1988). Buyuk Amir Temur A.Oripov qalbi va tafakkurini doimo tolqinlantirib keldi. Istiqlol sharofati tufayli bu daho qiyofani butun murakkabligi, ulugvorligi bilan, erkin, xolis gavdalantirish imkoniyatiga ega boldi. Ana shunday harakatlar samarasi olaroq, 1996-yilda buyuk shoir “Sohibqiron” dramasini yaratdi. Ushbu she’riy drama respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirildi. Shuningdek, “Erk haqqi”, “Adolat oftobi”, “Vatan”, “Xalq”, “Temur” kabi manzumalar ham Abdulla Oripov qalamiga mansub. Buyuk ijodkor tarjimachilik sohasida ham barakali qalam tebratdi: Aligeri Dantening “Ilohiy komediya”si, A.N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliev kabi ijodkorlarning asarlari shular jumlasidandir. Dantening “Ilohiy komediya” asari tarjimasi Italiya hukumati tomonidan etirof etildi.
Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifidir. Sakkiz mingga yaqin sherlar muallifi bolgan ijodkorning 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Buyuk shoir 2016-yil 5-noyabrda Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor “Chig`atoy” qabristonida dafn etilgan.
101 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:52:04
Abdulla Oripov madhiya muallifi.
84 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:34
Abdulla Oripov - Madhiya -
127 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:34
10-DEKABR MADHIYA QABUL QILINGAN KUN.

               Boshqalarga ham ulashing!
  
84 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:34
Madhiyaning yaratilish tarixi

               Boshqalarga ham ulashing!
109 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:34
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
92 views02:49
Ochish/sharhlash