Get Mystery Box with random crypto!

​​'DUO' Bir kishi Nabiy alayhissalomning huzurlariga kelib: 'E | ТОПИШМОКЛАР

​​"DUO"
Bir kishi Nabiy alayhissalomning huzurlariga kelib:
"Ey Allohning Rasuli! Duoining qaysisi afzal?" dedi.
"Allohdan dunyo va oxiratda afv va ofiyatni so‘ra", dedilar.
Ertasi kuni ham kelib:
"Ey Allohning Nabiysi! Duoining qaysisi afzal?" dedi
"Allohdan dunyo va oxiratda afv va ofiyatni so‘ra. Agar senga bu dunyoda ham, oxiratda ham afv va ofiyat berilsa, najot topgan bo‘lasan" dedilar".
- Bu duo Alloh taolodan bu dunyoda ham, u dunyoda ham gunohlari afv qilishini va ofiyatni so‘rashdir. Uni tez tez so‘rab turishimiz kerak. "Ofiyat" so‘zi "salomatlik", "eson omonlik", "bardamlik", "yaxshi kayfiyat" kabi ma’nolarini ifoda etadi.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Ijobat qilinishi eng tez bo‘lgan duo g‘oyibning g‘oyibga qilgan duosidir" dedilar.
Bir birini ko‘rmay turib birodarlarining haqqiga g‘oyibdan qilingan duo duolar ichida eng tez ijobat bo‘ladigani ekan. Shuning uchun hammamiz bir birimizning haqqimizga g‘oyibdan duo qilib turishimiz kerak ekan. Duo mo‘minning qurolidir.
(Duolaringizda bizni ham unutmang)
Meni xam eslang