Get Mystery Box with random crypto!

Kim Chen In o’z vazirlarini keskin tanqid qildi Kim Chen in K | TOPIK

Kim Chen In o’z vazirlarini keskin tanqid qildi

Kim Chen in Koreya mehnat partiyasi markaziy qo'mitasining sakkizinchi chaqiriq majlisidagi o’z nutqida hissiyotlarini jilovlay olmadi.

KXDR rahbari hukumatni iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga innovatsion yondashuvlarning yetishmayotgani sabab keskin tanqid qildi.
Uning murojaati naqd uch kun davom etdi.

Rahbar ta'kidlaganidek, keyingi besh yillik rejaning loyihasi avvalgisidan farq qilmaydi. Avvalgi rejaning deyarli barcha moddalari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Iqtisodiy siyosat maqsadlari, Kimning so’zlariga ko’ra, erishib bo'lmaydigan yuqori yoki juda ham asossiz edi. Shu sababli mamlakatda elektr energiyasi yetishmovchiligi kuzatildi. Partiya va davlat rahbari yengil sanoat va qurilishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o’z noroziligini bildirdi.

Bir qator vazir va rahbarlar shu kunning o’zida ishdan olindi.

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)