Get Mystery Box with random crypto!

#harbiy #eng Dunyodagi eng qimmat harbiy samalyotning narxi 2 | TOP FAKTLAR

#harbiy #eng

Dunyodagi eng qimmat harbiy samalyotning narxi 2,1 milliard dollar.

Dunyodagi eng qimmat harbiy samalyot bu Northrop B-2 Spirit samalyotidir. Ushbu samalyot 1986-1999-yillar oralig'ida AQShda Northrop Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan.

B-2 Spirit yashirin strategik bambardimonchi samalyot hisoblanib, uni harbiy tahlilchilar "ko'rinmas samalyot" deb ham atashadi. Darhaqiqat, uni ko'z bilan ham, eng ilg'or radarlar bilan ham ko'rib bo'lmaydi.

Ushbu dasturni ishlab chiqish uchun 44 milliard dollar sarflangan. Hozirda dunyoda B-2 Spirit samalyotlaridan 21 dona bor va barchasi AQSh harbiy havo kuchlari tasarrufida. Uning bugungi kundagi narxi 2,1 milliard dollarni tashkil qiladi.

@topfakt100