Get Mystery Box with random crypto!

#dunyo #siyosat #urush Bugungi kundagi aktual mavzu Rossiya-U | TOP FAKTLAR

#dunyo #siyosat #urush

Bugungi kundagi aktual mavzu Rossiya-Ukraina urushiga olib kelgan ziddiyatlar qachon boshlangan?

Ukraina-Rossiya mojarosi 2013-yilda Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Ukrainaga Yevropa Ittifoqi bilan ko‘proq iqtisodiy faoliyat olib borish imkonini beruvchi rezolyutsiyadan voz kechganida boshlangan. Yanukovich kelishuvdan bosh tortgach, poytaxt Kiyevda norozilik namoyishlari boshlanadi. Politsiya aralashganida, zobitlarning shafqatsiz munosabatiga qarshi chiqish uchun namoyishchilar soni ortadi.

Yanukovich 2014-yilda notinchliklar paytida mamlakatni tark etadi. Shundan so'ng Rossiya Qirim va Donbasni referendum yo'li bilan o'z tarkibiga qo'shib oldi.

2014-yildan buyon davom etayotgan ikki davlat o‘rtasidagi janglarda 700 dan ortiq maktab hamda 130 tibbiyot markazi zarar ko‘rgan. Bundan tashqari chegara yaqinidagi 200 000 dan ortiq bolalar xavf ostida qoldi.

Hozirda bo'layotgan voqealardan esa ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardorsiz.

@topfakt100