Get Mystery Box with random crypto!

Bobomiz Imom Buhoriy rohimahullohga onalarining nasihati : A | Tongi tungi zikrlar

Bobomiz Imom Buhoriy rohimahullohga onalarining nasihati :

Alloh uchun oʻqing. Shaharda nom chiqaraman, tengdoshlarimni ortda qoldirib, hammadan oldin boʻlaman, davralar toʻrida oʻtiraman, odamlar diqqatini oʻzimga qarataman, kimlarnidir gap bilan mot qilaman, degan maqsadda oʻqimang. Bularning bari shuhratparastlik deyiladi. Shuhratparastlik odam ichiga berkingan yuqumli illatdir. Iymoni zaif, eʼtiqodi sust kimsalarga tez yuqadigan vabodir. Shuhratparastlik ixlosga ziddir. Fikringizni dunyo tashvishlari bilan chalgʻitmang. Sizning yoshingizda ilm tahsilidan oʻzgasi durust boʻlmas.

“Oʻn bir yoshli voris” kitobidan