Get Mystery Box with random crypto!

#info Telegram dunyoni zabt etishda davom etmoqda Biz ishl | Tolka | Telegram

#info

Telegram dunyoni zabt etishda davom etmoqda

Biz ishlatishimiz uchun qulay va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz bo'lgan messenjer bu Telegram albatta. Messenjerning foydalanuvchilari kundan kunga bir maromda oshib boraytganini yuqoridagi postlarimizda ham keltirib o'tgandik.

Telegram ham dunyo bo'ylab qancha foydaluvchisi borligining taqsimotini taqdim etdi:

Ma'lumotlar quyidagicha:
- Osiyo - 38%;
- Yevropa - 26%;
- Yaqin sharq - 17%;
- Shimoliy va Janubiy Amerika - 12%;
- Afrika - 7%;

Pavel Durov foydalanuvchilarning 7% Rossiyaga to'g'ri kelishi aytib o'tdi. Esingizda bo'lsa 2018 - yilda Rossiya Telegramni bloklagan. Shu vaqtda ham foydalanuvchilar soni 7% edi. Demak, blokga qaramasdan odamlar o'z sevimli messenjerlariga sodiq qolishgan.

P.S: Men ham Telegramda akkaunt ochganimga 5 yildan oshibdi.

Siz messenjerdan foydalanayotganingizga qancha bo'ldi?

@Tolka_telegram