Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot sohasi vakillari o‘rtasida 'Zakovat' o'yini bo'yicha | Orif Tolipov

Tibbiyot sohasi vakillari o‘rtasida "Zakovat" o'yini bo'yicha Ibn Sino kubogi o‘tkaziladi!

So‘nggi yillarda “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan turli soha vakillari o‘rtasida intellektual o‘yinlar tashkil etib borilmoqda.

Shu maqsadda 2023-yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va xususiy tibbiyot muassasalari xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha musobaqa o‘tkazish rejalashtirilgan.

Musobaqada faqat shifokorlar emas, balki hamshira, feldsher va farmatsevt kabi tibbiyot sohasining boshqa vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, biror tibbiyot muassasasida mehnat faoliyatini olib borayotgan talabalar ham musobaqada ishtirok etishlari mumkin.

Turnirda ishtirok etish uchun jamoalar Kubok nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, tibbiyot muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda shifokor@zakovat.tv elektron pochtasiga ariza yuborishlari kifoya qiladi.

Turnir 2 ta bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1-bosqich — hududiy saralash bosqichlari;
2-bosqich — Respublika bosqichi.

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga smart televizorlar topshiriladi!

Hududlardan ishtirok etadigan jamoalar a’zolarining Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxona xarajatlari “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan moliyalashtiriladi.