Get Mystery Box with random crypto!

Tolibjon Nurullayevich

Telegram kanalining logotibi tolikdev — Tolibjon Nurullayevich T
Telegram kanalining logotibi tolikdev — Tolibjon Nurullayevich
Kanal manzili: @tolikdev
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29
Kanalning ta’rifi

Veb-dasturchi |Operator|VideoAnimator
Yuqoridagilar Haqida barcha narsa
Loyihalar / Maslahatlar / Manbalar
🙋‍♂️Ushbu kanal IT sohasini o'rganmoqchi, o'rganayotgan aziz insonlar uchun ochildi!
My Website
tolikdeveloper.netlify.app

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-05-19 12:51:03 Dasturchi boʻlish qiyinmi? Nega koʻpchilik oʻrganishga qiynaladi, yoki yarmida tashlab ketadi?

Buni bir qancha sabablari bor.

1) Rejasiz o'rganish. Koʻpchilik rejasiz oʻrganishni boshlaydi. Oʻrganayotgan texnologiyalarni ketma-ketlikda, reja bilan oʻrganish juda muhim. Reja esa sizning maqsadingizga bogʻliq. Dasturchilikning yoʻnalishlari koʻp, masalan veb, mobil, desktop dasturchiligi, va ho kazo. Boshlashdan oldin bir yoʻnalish tanlanadi va shunga qarab reja tuziladi.

2) Birinchi oʻrganayotgan texnologiyani toʻgʻri tanlamaslik. Oʻrganishni nisbatan qiyinroq boʻlgan texnologiyadan boshlash.

3) Boshlangʻich tasavvurga ega boʻlmay turib, kod yozishni boshlash. Dasturchiday oʻylashni oʻrganish oʻrniga, kod yozishni yodlab olish. Albert Eynshteyn bekorga “Tasavvur bilimdan muhimroq” deb aytmagan. Sizni tasavvuringizni toʻgʻri rivojlanishi sizga oʻrgatayotgan manbaga ham (masalan biror insonga) juda bogʻliq.

4) Toʻgʻri insondan oʻrganmaslik. Koʻpchilik kimdan oʻrganayotganiga eʼtibor bermaydi. Masalan oʻrgatayotgan odam nomdor, kuchli dasturchi boʻlishi mumkin, ammo unda pedagoglik qobiliyati boʻlmasligi mumkin. Aksariyat hollarda siz biror narsani oʻrganishga qiynalayotgan boʻlsangiz, u siz oʻrganayotgan narsani qiyinligidan yoki sizda qobiliyat yoʻqligidan emas, balki sizga oʻrgatayotgan manbaning toʻgʻri oʻrgata olmayotganidan boʻlishi mumkin. Bunga albatta eʼtibor qaratish kerak.

5) Shoshma-shosharlik. Yaʼni, dasturchilikni tezda oʻrganib olmoqchi boʻlish. Biron kurs yoki videoda reklama qilinganiday “men dasturchilikni 1 oyda 0 dan professionallikkacha oʻrganib olaman ekan” degan oʻy xayol bilan yurish. Bir-ikki oy oʻrganadi, qarasa natija kutilganday emas, va ruhiy tushkunlikka tushadi. Mendan dasturchi chiqmaydi shekilik deb oʻylab qoladi. Dasturchilikni oʻrganish vaqt talab qiluvchi jarayon. Boshlashdan oldin esa siz bunga tayyor boʻlishingiz kerak.

6) Oʻrganishga yetarlicha vaqt sarflamaslik. Har kuni ishdan charchab kelgandan keyin bir-ikki soat vaqt ajratish bilan dasturchilikni o'rganish ancha qiyin. Bazilar hatto kun-ora bir-ikki soat vaqt sarf qiladilar xalos. Bu kam. Jarayonni sekinlashtiradi. Bu esa vaqt oʻtishi bilan ishtiyoqni pasaytiradi, va sizni oʻrganishdan toʻxtatadi.

7) Yetarlicha praktika qilmaslik. Faqat nazariy bilimni olib, boʻldi endi men “pro” man deb oʻylashlik. Praktika, yaʼni oʻrganish davomida koʻproq kod yozish, real loyihalarni yaratish (hatto kichik boʻlsa ham), va boshqa professional dasturchilarni kodlarini oʻrganib chiqish bu — juda muhim.

Dasturchilikni oʻrganishni shu omillarga eʼtibor qilib oʻrgansangiz, jarayon ancha oson va qiziqarlik kechadi.

➤ Telegram | Instagram
377 views09:51
Ochish/sharhlash
2021-05-13 10:46:37
364 views07:46
Ochish/sharhlash
2021-05-13 08:00:56 ​​ Python Dasturlash tilidan qaysi sohalarda foydalaniladi?

Web Development
Desktop Apllicatsions
Software Development
Education
DataBace Access
Network Programming
Game Development
3D Graphics

Inshalloh yaqin kunlarda Python dasturlash tilini sizlarga bilganimcha o'rgatib boraman kanalimizga do'stlaringizni ham taklif eting.

➤ Telegram | Instagram
351 views05:00
Ochish/sharhlash
2021-05-13 06:00:11 ​​ Sizlarga yangi va zo'r yangiligim bor desam ham bo'ladi men yaqindagina JavaScript darsliklarini o'rganib bo'ldim yaqin kunlarda sizlarga ham o'zim bilgan bilimlarimni ulashaman.

JavaScriptni Tugatganligim haqida Sertifikat

➤ Telegram | Instagram
317 views03:00
Ochish/sharhlash
2021-05-13 05:15:00 ​​ Agarda siz qaysidir dasturlash tilini yaxshi o'zlashtirishni xoxlasangiz bu topshiriqlarni bajarib boring.Dasturlash tilini o'rganish uchun bu algoritmlash katta ahamiyatga ega.

1. Berilgan a son 5 dan katta bo'lsa, uning kvadrat ildizini hisoblash algoritmini tuzing.
2. Berilgan butun sonning absolyut qiymatini aniqlash algoritmini tuzing.
3. ax2 + bx + c = 0 kotrinishidagi kvadrat tenglama ildizini topish algoritmini tuzing.

Qandaydir Savol va Takliflar bo'lsa bemalol Tolibjon Nurullayevich ga murojaat qilishingiz mumkin.Etiboringiz uchun rahmat.
273 views02:15
Ochish/sharhlash
2021-05-13 05:10:00 ​​ 2-Misol.Berilgan A va B sonlardan kichigi topilsin!
1) boshlansin;
2) A va B kiritilsin;
3) agar A < B bo'lsa, 4-bandga o'tilsin;
aks holda, 5-bandga o'tilsin;
4) natija A deb olinsin va 6-bandga
o'tilsin;
5) natija B deb olinsin;
6) tugatilsin.
Bu misoldan quyidagicha xulosa
chiqarish mumkin: agar A < B shart bajarilsa,
5-banddagi ko'rsatma bajarilmaydi, aks
holda, ya'ni A > B bo'lsa, 4-banddagi
ko'rsatma bajarilmaydi.

➤ Telegram | Instagram
242 views02:10
Ochish/sharhlash
2021-05-13 05:05:00 ​​ 1-Misol. Berilgan A son 0 (nol)dan katta
musbat son bo'lsa, u holda uning kvadratini
hisoblash algoritmini tuzing:
1) boshlansin;
2) A kiritilsin;
3) agar A > 0 bo'lsa, u holda 4-bandga o'tilsin;
4) natija A^2 deb olinsin;
5) tugatilsin.
Bu misolda agar A > O bo'lsa, 4-banddagi
ko'rsatma bajariladi, aks holda, ya'ni A <= 0shart
bajarilsa, 3-banddagi ko'rsatma bajarilmaydi.

➤ Telegram | Instagram
205 views02:05
Ochish/sharhlash
2021-05-13 05:00:06 ​​Mavzu:Tarmoqlanuvchi algoritmlar.

Shunday hisoblash jarayonlari ham bo'ladiki, unda qdyilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga ko'ra jarayonlar bir necha tarmoqqa bo'linadi hamda ulardan hech bo'lmaganda bittasi bajariladi. Bunday jarayonlar bajarilishi uchun tarmoqlanuvchi algoritmlar tuziladi.
Agar hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo'yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har birtarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi struktura,
odatda, qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o'z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko'ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi. Tarmoqlanuvchi tuzilish shart tekshirish natijasiga (ha yoki yo'q) qarab ikki yo'ldan birini tanlash imkoniyatini beradi, ya'ni ko'rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta'minlaydi. Bu tuzilmalar, asosan, 2 xil — to'liq va qisqartirilgan kdrinishda berilishi mumkin. Ular quyidagi sxema orqali ifodalanadi:

➤ Telegram | Instagram
198 views02:00
Ochish/sharhlash
2021-05-13 03:00:15 ​​ Assalomu alaykum qadrli va qadri sarbaland aziz dindoshlarim Allohning nuri yog'ilsin sizlarga belingizdan kuch yuzingizdan tabassum ketmasin hech ham, Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin
193 views00:00
Ochish/sharhlash
2021-05-11 15:40:00 ​​ Agarda siz qaysidir dasturlash tilini yaxshi o'zlashtirishni xoxlasangiz bu topshiriqlarni bajarib boring.Dasturlash tilini o'rganish uchun bu algoritmlash katta ahamiyatga ega.

Algoritm uchun quyidagi jadvalda keltirilgan harakat (buyruq)lar to'g'ri tartibini Aniqlang. Algoritmga nom bering.
1) poyabzalni joyiga qo'yish;
2) zinadan chiqish;
3) cho'tka bilan poyabzal yaltiragunga qadar ishqalash;
4) poyabzal changini mato bilan tozalash;
5) barchasini xonaga olib kelish;
6) poyabzal chdtkasi va kremini joyiga qo'yish;
7) poyabzal chdtkasi va kremini olish;
8) kremni poyabzalga surtish;
9) poyabzalni olish.
Agar uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchak ma'lum bo'lsa, uchburchak yuzini topish algoritmini so'zlar va blok-sxema orqali ifodalang.

Qandaydir Savol va Takliflar bo'lsa bemalol Tolibjon Nurullayevich ga murojaat qilishingiz mumkin.Etiboringiz uchun rahmat.

➤ Telegram | Instagram
225 views12:40
Ochish/sharhlash