Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiydan savol keladi: 'Ustoz men dasturlashni o'rganib bosh | Tolibjon Nurullayevich

Shaxsiydan savol keladi: "Ustoz men dasturlashni o'rganib boshladim. Sizni 2 ta darsingizni ko'rdim. Aytingchi Facebook (Instagram/TikTok) parolini buzishni nimadan boshlay?"
yoki yana o'sha kategoriyadan:
"HTML ni tugatdim, o'zi yuradigan moshina (marsga uchadigan raketa, terminator kinosidagi robot) yashash bo'yicha qisqa video qilib bera olmaysizmi?"

Albatta bunday ishtiyoq tahsinga loyiq, lekin "Avval mana bu narsalarni o'rganing" desam, "E aka, shular shartmi. Men matematikani yaxshi o'qimaganman. Tayyor Youtube video kurs yo'qmi. Iloji bo'lsa O'zbek tilida" degan javobni olasiz.

Ola, facebook yiliga xavfsizlikka millionlab dollar sarflasinda, qayoqadgi mishiqi Youtubeda 2 soat video ko'rib buzib tashlasin ekanda.

Yoki bechora Ilon Musk milliardlab dollar tikib qilgan narsasini, 2 kunda qilib qo'ya qolishsa.

"Uka, siz shoshmang. Katta loyihalar hali oldinda. Mana bu kichik narsalarni o'rganishdan boshlang" desam, hafayam bo'ladi, "Ha bo'pti aka, o'rgatgingiz kelmasa, shunday deb qo'yavering".

Bugun bittasi ham Instagramni buzib, faxsh akkauntlarni o'chirib tashlaylik deydi. 15-yosh. Hali dasturlashni ham bilmas ekan. Bir soat va'z qilib, oxirida jon kuydurib ovozli xabar ham yuborsam. Birpasdan keyin, Windowsga Kali Linux qanday o'rnataman deb turibdida (xakerlarni ish quroli).

Yoningda bo'lsa, tarsaki tortvorsang. ANVAR NAZRULLOH