Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunda huddi pasportingizni himoya qilgandek (aslida un | Tolibjon Nurullayevich

Bugungi kunda huddi pasportingizni himoya qilgandek (aslida undan ham qattiqroq) himoya qilish zarur bo'lgan narsalar:
- Telefon paroli
- Telefon raqami (albatta o'zingizni nomingizda bo'lsin)
- Telefonning o'zi va xotirasi (fleshka)
- Apple, Google akkaunt nomi va paroli
- Ijtimoy tarmoqlar ulangan email akkaunt va telefon raqam (o'zingizniki bo'lsin)
- Noutbuk/kompyuter paroli

Hozircha esimga kelganlari. Bu narsalardan birini yo'qotish hayotingizga, shaxsiy xavfsizligingizga jiddiy zarba berishi mumkin bo'lib qoldi.

Kibersavodxonlikni maktablarga kiritish, har bir insonga uqtirish lozim. Chalasavod odamlarning "telefonga parol nega kerak, telegramga parol nega kerak? Nimadan qo'rqasiz? Allohdan qo'rqing" degan ahmoqona gaplariga aldanmang.

Yuqoridagilardan biriga tajovuz bu nafaqat sizni, balki oilangiz, qarindosh-urug' va tanishlarigizni ham xavf ostiga soladi.

@sariqdev