Get Mystery Box with random crypto!

#tajvid_ilmi Tajvid arabcha “javvada” sõzidan olingan bõlib, | داخل قلبي

#tajvid_ilmi

Tajvid arabcha “javvada” sõzidan olingan bõlib, õzbekchada “yaxshilash”, “chiroyli qilish”, “bezash”, “mustahkamlash” degan ma’nolarni anglatadi. Alloh taolo Qur’onni õz payğambariga Jabroil alayhissalom vositasida juda gõzal, chiroyli qiroatda tushirgan. U Zot qanday tushirgan bõlsa, shunday õqilishini xush kõradi. Qurʼonni tajvid asosida õqish, Alloh suygan amal sanaladi.

Tajvidning shar’iy hukmi esa, nazariy jihatdan bilish farzi kifoya, unga amal qilish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzi ayndir:

... وَرَتِّلِ ٱلۡقُرۡءَانَ تَرۡتِیلًا

“...Va Qur’onni ʻʻtartilʼʼ bilan (dona-dona qilib) tilovat qiling!”

( Muzzammil , 4 )

Tajvid ilmining mohiyati - bu mahraj orqali hariflarning klassik (Qurʼoniy) fonetikada takaffuz qilishni õrganishdir.

@Tolibul_ilmi