Get Mystery Box with random crypto!

Ilmga navbatda turmagan millat mana shunday navbatlarda xor bo | Tohirjon Esonov vizitka

Ilmga navbatda turmagan millat mana shunday navbatlarda xor bo‘ladi...

So‘zlarim og‘ir botsa ham, bu ayni haqiqat! Kallayi saxarlab osh desa, yig‘ildik, falon yerda tomosha bo‘lyapti, desa, yig‘ildik, lekin ilm atrofida yig‘ila olmadik. Bugun millatning ongi soxta hoyu havaslar bilan to‘lib toshgan.

Yaponlar birorta tabiiy resursi bo‘lmasa ham, yil bo‘yi tabiat sinovlari bilan kurashib yashasa ham, bizga o‘xshab xor bo‘lib, qish kirishi bilan "gaz, svet" deb yig‘lab yurmaydi. Bilasizmi, nimaga!?

Chunki ular har ertalab kitob uchun navbatda turishadi.

Bugungi xorligimizning sababi ilmsizligimizda. Toki ilmga navbatda turmas ekanmiz, umrimiz davlatning svet, gaz bermasligidan nolib o‘tadi.

P.S.: Bu bilan xalqqa yetarlicha sharoit yaratib bermayotgan mas’ullarni oqlamoqchi emasman! Aksincha, hamma narsaning yechimi ilmda ekanligini ta’kidlamoqchiman.

@TohirjonEsonov