Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur_qil Bir kishi qo’shnisiga juda mehribon ekan. Har k | Tohirbek Tojmuhammad

#tafakkur_qil

Bir kishi qo’shnisiga juda mehribon ekan. Har kuni uni uyiga turli noz-ne’matlar chiqarib turarkan.
Ammo, qo’shnisi unga hech e’tibor bermas, huddiki hech qanday yaxshilik ko’rmagan, bilmagandek qo’shnisiga muomalada bo’larkan.
Bir kuni u e’tiborsiz qo’shnini boshiga kulfat tushibdi va chopib o’sha mehribon qo’shnisini yoniga chiqibdi. Uni maqtabdi, yaxshiliklarini eslabdi va yordam berishini so’rabdi. Mehribon qo’shni yordam beribdi, lekin o’sha kunning ertasigayoq avvalgi holat takrorlanibdi. Yordam olgan kishi huddi hech narsa bilmagandek, ko’rmagandek mehribon qo’shnisiga e’tiborsiz muomalada bo’lishni davom ettiribdi.

Nima deysan, uni yaxshi odam deb bo’ladimi? Bunchalik pastkash odamni o’zi odam deb bo’ladimi?

——————

Endi Allohning berayotgan shuncha ne’matlaridan foydalanib ibodatsiz yurgan, Unga yuzlanmagan o’zingga nazar sol. Uyatmaysanmi…

@tohirbektojmuhammad