Get Mystery Box with random crypto!

Kecha biroz shoshibman, 'Ikki yuz' dan oshibman, Xolim boʻlibd | BU QILINYOTGAN ISHLAR TOGRIMI?

Kecha biroz shoshibman,
"Ikki yuz" dan oshibman,
Xolim boʻlibdi xarob,
Men radarga tushibman!

Yoʻlda koʻp ekan xatar,
Shahardan – qishloq qadar,
Sezmabdi "antiradar",
Men radarga tushibman!

Qarzim qator tuzildi,
Bolam rizqi uzildi,
Eh rejalar buzildi,
Men radarga tushibman!

Jarimalar bir talay,
Endi qandayin toʻlay?
Tulpor minmay men oʻlay,
Doʻst, radarga tushibman!

Egovlab asabimni,
Eslab nasl – nasabimni,
Bosolmay gʻazabimni,
Men radarga tushibman!

Boshim egib turaman,
Kibrga tupuraman,
Endi peshkom yuraman,
Doʻst, radarga tushibman!

Dardim tigʻdek botadi,
Roʻzgʻor shunday oʻtardi,
"Kredit" ham yetardi,
Men radarga tushibman!

Bu ham bormi eh joʻra,
Tuzalmaydi bu yara,
Qoʻngʻiroq qil xol soʻra,
Men radarga tushibman!

Hamdam Allayor.

@TogriKu - Barchasidan Bir Chimdim