Get Mystery Box with random crypto!

TMTI rektori O‘.Axmedov

Telegram kanalining logotibi tmtirektori — TMTI rektori O‘.Axmedov T
Telegram kanalining logotibi tmtirektori — TMTI rektori O‘.Axmedov
Kanal manzili: @tmtirektori
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.14K
Kanalning ta’rifi

Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektorining ma'naviy-marifiy, ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar telegram kanaliga xush kelibsiz!
Rektorga murojaat: @Direktorga_murojaat_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 14:16:33 #Qabul2022

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
339 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:16:15 #Qabul2022

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
319 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:16:03 #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
308 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:15:44 #Qabul2022

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
317 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:15:26
#Qabul2022

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
316 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:15:07 #Qabul2022

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Alohida iqtidor talab etiladigan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
318 views11:15
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:14:55 #Qabul2022

Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
328 views11:14
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:14:43 #Qabul2022

Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
323 views11:14
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:14:25 #Qabul2022

Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun ajratilgan 1000 ta o‘rin taqsimoti

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
326 views11:14
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:14:02
#Qabul2022

Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
337 views11:14
Ochish/sharhlash