#rektor_tabrigi Aziz hamkasblar, qadrli talaba-yoshlar! Sizn | TMTI rektori O‘.Axmedov
#rektor_tabrigi
Aziz hamkasblar, qadrli talaba-yoshlar!
Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayramdir. Bugun Siz bilan ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatning eng katta bayramini nishonlamoqdamiz.
Mustaqillik barchamizga ayniqsa yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib bergan ulug' ne'matdir. Shunday ekan ushbu yaratilayotgan imkoniyatlardan hamda berilayotgan e'tibordan unumli foydalanaylik.
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilayman.
Mustaqil Vatanimizning tinchligi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektorining ma'naviy-marifiy, ilmiy-tahliliy hamda ma'lumotlar telegram kanaliga xush kelibsiz!. Rektorga murojaat: @Direktorga_murojaat_bot...