Get Mystery Box with random crypto!

Institutda navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig'ilish tavsilo | TMTI rektori O‘.Axmedov

Institutda navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig'ilish tavsilotlari

Institutda
bo'lib o'tgan navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig'ilishida institut rektori O'.Axmedov O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan barcha professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlarni tabrikladi hamda o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan so'ng kun tartibidagi masalalar yuzasidan 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari to‘g‘risida o'quv uslubiy bo'lim boshlig'i J.Avazov ma'lumot berib o'tdi.

Shuningdek, institut Kengashining 2022/2023-o‘quv yili uchun Nizomi, ish rejasi va tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida institut Kengash kotibi Ch.Tursunov hamda institutda o‘quv rejalar, ishchi o‘quv rejalar, o‘quv yuklamalari, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari va tanlov fan dasturlarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi holatlari to‘g‘risida J.Avazovlar gapirib o'tishdi.

Kengashning navbatdagi kun tartibidagi masalalar yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor M.O'razov (KPI) tizimi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash to'g'risida to'xtalib o'tdi va mazkur tizim haqida yana bir bor yig'ilish ishtirokchilariga tushuntirish berdi.

Kun tartibidagi turli masalalar qismida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov institut talaba-yoshlarning hamda ishchi-xodimlarning kiyinish madaniyatiga alohida to'xtalib, kiyinish odoblari haqida yig'ilish ishtirokchilariga tushunchalar berib o'tdi.

Shu bilan birgalikda Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiya kafedra o'qituvchisi M.Shaymardonova texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganligi munosabati bilan PhD diplomi topshirildi.

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar ko‘rilib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Bizni doim kuzatib boring

@TMTIREKTORI