Get Mystery Box with random crypto!

TMTI rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi tmti379 — TMTI rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi tmti379 — TMTI rasmiy kanali
Kanal manzili: @tmti379
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.80K
Kanalning ta’rifi

Termiz muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali.
🌍 https://tiet.uz
✅ https://t.me/tmti379
✅ instagram.com/termti.379
✅ facebook.com/groups/texnika379
✅ https://youtube.com/@tietuz
Institut rektorining murojaatlar boti:
@TMTI_rektoriga_murojaat

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 13:39:24
#magistratura_qabul2022

Termiz muhandislik-texnologiya instituti magistraturasiga 2022/2023-o'quv yili qabuli bo'yicha tanlov natijalari bilan tanishing

Bizni doim kuzatib boring

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook |You Tube | tiet.uz
490 views10:39
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:33:35
Ватанни севиш керак!

Тадбиркор:

— Ҳурматли Президент, ҳаёт формулангизнинг сири нимада, бунчалик энергияни қаердан оласиз?

Президент:

— Бунда сир йўқ. Ватанни севиш керак!

Президентнинг тадбиркорлар билан учрашувидан.

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
412 views08:33
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:26:46 ​​ Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?

ЖАВОБ: буни билиш учун эринмасдан ушбу постни охиригача ўқишингиз керак.

Жуда кўпчилик супер-контракт нархи қанча бўлиши ҳақида савол бермоқда.

Супер-контракт нархи қанча бўлишини исталган инсон ўзи мустақил ҳисоблаб олиши мумкин, бунинг учун етарли барча маълумотлар эълон қилинган. Фақат озгина ҳафсала керак холос.

Энг аввало бир нарсани ёдда тутинг, супер-контрактнинг энг аниқ миқдорини фақат ва фақат ўзингиз ҳужжат топширган олий таълим муассасаси орқали билишингиз мумкин.

Энди минимум миқдорлар ҳақида.

1-эслатма: супер-контракт деган тизим кундузги, сиртқи, кечки таълимда ҳам бор;

2-эслатма: имтиёз олган, лекин кира олмаган абитуриентлар учун умумий кириш балига қараб супер-контракт нархи белгиланади, имтиёзлиларнинг ўтиш балига қараб эмас.

Супер-контракт нархи кундузги таълим шаклида стипендиясиз тўлов-контракт миқдоридан ҳисобланади (сиртқи ва кечкида шундоқ ҳам стипендия йўқ). Демак, қуйида илова қилинган жадвалда кўрсатилган контракт суммасини супер-контракт баробарига кўпайтиришингиз керак.

Шунингдек, 3 та тоифадан қайси бирига тааллуқли эканлигингизни ҳам аниқлаб олишингиз керак.

1-тоифа: кириш чизиғига 4 баллгача етмай қолган абитуриентлар

Бунда қуйидаги шкала амал қилади:

1 баллгача етмаган абитуриентлар учун – базавий тўлов-контракт миқдорининг 1,5 баробари;

1,1 баллдан 2 баллгача2,0 баробари;

2,1 баллдан 3 баллгача 2,5 баробари;

3,1 баллдан 4 баллгача3,0 баробари.

Масалан, математика йўналишида 1,5 балл етмай қолди дейлик. Бундай вазиятда ўша абитуриент 2 баробар тўлайди. Жадвалга қарасак, математика йўналишида контракт нархи 6.412.610 сўм. Демак, математика йўналишига 1,5 балл етмай қолган абитуриент 12 млн 825 минг сўм супер-контракт тўлайди (2 x 6.412.610).

2-тоифа: кириш чизиғига 4 баллдан ортиқ етмай қолган ва ўзи 56,7 дан кўп балл тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-контракт учун йўналишига қараб пастдаги жадвалда кўрсатилган оддий контрактнинг минимум 8, 10, 12, 15, 17 ёки 25 баробарини тўлайди.

Қайси йўналишга неча баробар тўланиши мана бу файлда келтирилган:
https://t.me/xushnudbek/11522

Масалан, иқтисод йўналишига кириш бали 150 балл бўлди дейлик. Абитуриент 70 балл тўплади. Демак, унга 4 баллдан ортиқ етмай қолган, ўзи ҳам 56,7 баллдан кўпроқ тўплаган. Иқтисод йўналишига минимум супер-контракт 10 баробар этиб белгиланган. Стипендиясиз оддий контракт нархи эса 9.129.930 сўм.

Хулоса: иқтисод йўналиши учун супер-контракт миқдори минимум 91 млн 299 минг сўм (10 х 9.129.930).

БУ МУҲИМ: ўтиш балига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган ва 56,7 баллдан кўп тўплаганларнинг ҳаммасига бир хил нарх бўлади. Яъни 5 балл етмаган ҳам, 50 балл етмаган ҳам бир хил тўлайди. Ўшанчун менга 10 балл етмади, менга 30 балл етмади, қанча бўлади, деб сўрашдан фойда йўқ.

3-тоифа: 56,7 баллдан кам тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-мупер контрактда ўқиши мумкин, фақат камида 2-тоифадагилар тўлайдиган сумманинг 2 баробарини тўлашади. Масалан, абитуриент иқтисод йўналишига топшириб, 40 балл тўплаган, яъни 56,7 баллдан кам. Демак, у камида 182 млн 598 минг сўм тўлаши керак (2 х 91.299.300).

Айримлар сўрамоқда. Масалан, абитуриент 54 балл олди. Кириш бали эса 57 балл бўлди. Шунда 3 балл етмаган бўлса, супер контракни камроқ тўлайдими? Йўқ ва асло йўқ! 56,7 баллдан кам тўпландими, тамом, бунақада икки карра кўпроқ супер-контракт тўланади. Кириш балига қанча етмагани аҳамиятсиз.

Хуллас, Сиз тўплаган балингиз асосида камида тахминан қанча супер-контракт тўлашингизни бемалол ўзингиз ҳисоблаб кўришингиз мумкин.

Сўзим сўнггида яна қайтараман, аниқ суммани фақат ОТМ орқали била оласиз.


@xushnudbek
655 views07:26
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:59:04
Termiz muhandislik-texnologiya institutiga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari diqqatiga!

2022/2023-o‘quv yili uchun qabul hamda o'quv jarayonlari haqida Sizni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida institutda “Call-markaz” tashkil etilgan.

Qabul jarayonlari hamda o'quv jarayoni bilan bog'liq murojaatlarga quyidagi telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

“Call-markaz”

+998 76 221-94-37
+998 76 221-87-90
+998 76 221-89-17

Bizni doim kuzatib boring

Termiz muhandislik-texnologiya institutining rasmiy kanali
623 views05:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:47:47
#ikkinchi_mutaxassislik

Termiz muhandislik-texnologiya institutiga 2022/2023-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlarga institut rektorining imtihon (suhbat) jarayonlari bo'lib o'tdi.

Bizni doim kuzatib boring

Termiz muhandislik-texnologiya institutining rasmiy kanali
549 views05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:37:01 Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
572 views04:37
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:18:12 E’LON

Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Belarussiya Respublikasi, Polotsk davlat universiteti bilan tuzilgan shartnomaga asosan hamkorlikda qo'shma ta’lim dasturi tashkil etilganini ma’lum qilamiz.

2022/2023-o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida 25 nafar talaba o'qishga qabul qilinadi.

Mazkur 25 nafar talabalar neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalish bo’yicha o'qishga qabul qilinib tahsil oladi.

O'qishga qabul qilish imtihonlari mutaxassislik bo'yicha rus tilida suhbat hamda davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlar asosida amalga oshiriladi.

Dastur 2+2 (double degree) tarzda olib borilib, 1-2- kusr instutda 3-4-kurslarni esa Belarussiyaning Polotsk davlat universitetida tahsil oladi.

Mazkur dasturning afzalliklari bir vaqtning o'zida Siz ikki diplomga ega bo'lishingiz hamda xalqaro tajriba ortirishingiz mumkin.

Joriy yilning 20-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) hujjatlaringizni ushbu
havola orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz imtihonlar rus tilida olib boriladi.
Shuningdek, hujjatlaringizni google dasturiga kirib topshirishingiz so'raladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar va murojaatlar uchun quyidagi raqamga bog'lanishingiz tavsiya
etiladi.
+998 99 829 83 94

Bizni doim kuzatib boring

Termiz muhandislik-texnologiya institutining rasmiy kanali
584 views04:18
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:04:00 Pastkash maqtangani bilan buyuk bo‘lmas, echki yugurgani bilan kiyik bo‘lmas.

Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub»dan

Bizni doim kuzatib boring

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook |You Tube | tiet.uz
624 views04:04
Ochish/sharhlash
2022-08-27 10:14:10
#Qabul2022
#ikkinchi_mutaxassislik

Termiz muhandislik-texnologiya institutiga 2022/2023-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilning 29-avgust soat 9:00 da institut bosh binosida ikkinchi oliy ta’limga hujjatlarini topshirgan abituriyentlarga imtihon (suhbat) jarayonlari bo'lib o'tishi belgilangan.

Shu sababdan ikkinchi oliy ta’limga hujjatlarini topshirgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan imtihon jarayonlariga kechikmasdan kelishlari so'raladi.

Eslatma! Ikkinchi oliy maʼlumot olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar institut rektorining suhbati bilan toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Manzil: Termiz shahar Islom Karimov ko‘chasi 288A- uy.

Bizni doim kuzatib boring

Termiz muhandislik-texnologiya institutining rasmiy kanali
830 views07:14
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:15:23
#tabrik

Institutning O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Abdinazarov Uktamni IELTS imtihonida 7 ball C1 darajasini olganligi munosabati bilan institut rahbariyati tabriklaydi.

Bizni doim kuzatib boring

Termiz muhandislik-texnologiya institutining rasmiy kanali
789 views06:15
Ochish/sharhlash