Get Mystery Box with random crypto!

#rektor_tabrigi Aziz hamkasblar, qadrli talaba-yoshlar! Sizn | TMTI rasmiy kanali

#rektor_tabrigi

Aziz hamkasblar, qadrli talaba-yoshlar!

Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayramdir. Bugun Siz bilan ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatning eng katta bayramini nishonlamoqdamiz.

Mustaqillik barchamizga ayniqsa yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib bergan ulug' ne'matdir. Shunday ekan ushbu yaratilayotgan imkoniyatlardan hamda berilayotgan e'tibordan unumli foydalanaylik.

Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilayman.

Mustaqil Vatanimizning tinchligi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin.

Bizni doim kuzatib boring

Termiz muhandislik-texnologiya institutining rasmiy kanali