Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot muаssasalari diqqatiga! Tashqi mehnat migratsiyasi a | 𝑻𝒂𝒔𝒉𝒒𝒊 𝑴𝒆𝒉𝒏𝒂𝒕 𝑴𝒊𝒈𝒓𝒂𝒕𝒔𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 - 𝑰𝒓𝒌𝒖𝒕𝒔𝒌

Tibbiyot muаssasalari diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy ish beruvchilar talablari asosida nomzodlarni kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasalari uchun tanlov eʼlon qiladi. (Avvalgi tanlov tibbiy muassasalardan berilgan hujjatlar talab darajasida emasligi sabab, komissiya tomonidan o'tkazilmagan, deb baholanib qayta tashkil etilmoqda).

Tibbiy ko‘rik quyidagi tekshiruvlarni o‘z ichiga olishi lozim:

1. Kardiolog;
2. Terapevt;
3. Jarrohlik;
4. Urolog va ginekolog;
5. Oftalmolog;
6. Dermatovenerolog, RW (sifilis), TRNA tahlili;
7. HBS antigeni (gepatit A, gepatit B, gepatit C, gepatit D);
8. Rentgen tekshiruvi, flyuorografiya (sil);
9. Nevropatolog;
10. LOR;
11. Bioximiya (AST, ALT, Xolesterin);
12. Stomatolog;
13. OIV infeksiya/OITS;
14. Lepra;
15. Qonning umumiy tahlili (gemotakrit, qand, oqsil);
16. Qon bosimi (㎜hg);
17. Bo‘y/Vazn;
18. Okulist;
19. UZI;
20. Umumiy peshob tahlili.

Tibbiyot muassasasi SSV litsenziyasiga ega bo‘lishi;
Zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan bo‘lishi;
Malakali mutaxassislarga ega bo‘lishi;
Tibbiy ko‘rikdan navbatsiz o‘tkazish;
Tibbiy ko‘rik (sog‘lom, nosog‘lom) xulosasi shu kunda berilishi:
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun alohida joy ajratishi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar Toshkent shahri, Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasi, 1-uy manziliga muhrlangan konvertlarda taqdim etilishi lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini yuklab olish

Tuziladigan shartnoma namunasi yuklab olish

Tanlov g‘olibi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash orqali aniqlanadi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 32), 95 340-50-07.

Ахборот каналларимизни кузатиб боринг..!

Телеграм каналимиз

Новосибирск шаҳридаги бош консулхона расмий канали