Get Mystery Box with random crypto!

Onajonim omon bo‘lsangiz Ko‘zlarimni ko‘p yo‘qlamas nam, Alam | Ona Hayotimsiz...✍️





Onajonim omon bo‘lsangiz

Ko‘zlarimni ko‘p yo‘qlamas nam,
Alam bo‘lmas so‘zlarimda xam.
Uch yuz oltmish besh kunim bayram,
Onajonim omon bo‘lsangiz.

Kulgularim chiqar avjiga,
Xamohangdek dengiz mavjiga.
Yuboraman Umraga, Xajga,
Onajonim omon bo‘lsangiz.

Otam bilan uyim to‘rida,
Xar dam bo‘ling qalbim qo‘rida.
Bosh bo‘lasiz bolam to‘yida,
Onajonim omon bo‘lsangiz.

Shamollarda titragan shamdek,
Xor bo‘lmayman singan qalamdek.
Suv tutaman obi Zam-Zamdek,
Onajonim omon bo‘lsangiz.

Lafzim buzsam meni quchsin dard,
Niyatim sof tilagim begard
Qadringizni bilmagan nomard.
Onajonim omon bo‘lsangiz,
Har kuni 8-mart.




@Ona_Hayotimsiz