Get Mystery Box with random crypto!

​Toshkentdagi xalqaro TMC Instituti 2022 yildan boshlab o'zbek | TMC Institute

Toshkentdagi xalqaro TMC Instituti 2022 yildan boshlab o'zbek tilida o'qitiladigan 4 ta dastur uchun davlat nusxasidagi diplom beradi.

TMC instituti 4 ta yo'nalish bo'yicha o'zbek tilida o'qitish uchun davlat litsenziyasini qo'lga kiritdi.

Bu ulkan yutuq institutimiz va talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Endilikda abiturientlar nafaqat Buyuk Britaniya dasturi, balki Singapur va O'zbekiston qo'shma dasturi bo'yicha o'zbek tilida quyidagi to'rtta yo'nalishda taxsil olishlari mumkin:

1. Iqtisodiyot
2. Psixologiya va Pedagogika
3. Boshlang'ich ta'lim
4. Maktabgacha ta'lim


Ta'lim jarayonini takomillashtirish va talabalar uchun qulay qilish maqsadida, o'zbek tilida o'qitiladigan dasturlarimizda kunduzgi, kechki va sirtqi o'qitish imkoni yaratildi.

Bitiruvchilar butun O'zbekistonda tan olinadigan davlat nusxasidagi diplomini qo'lga kiritishadi.

Talim narxlari:
Kunduzgi va kechki ta'lim: 18 mln so'm
Sirtqi ta'lim: 12 mln so'm

Ta'lim davomiyligi:
Kunduzgi va Kechki ta'lim - 4 yil
Sirtqi ta'lim - 5 yil

O'zbek tilida o'qitiladigan dasturlardan biriga onlayn hujjat topshirish uchun quyidagi havolaga o'ting: https://tmci.uz/apply-form-uzb/

Kirish Imtihonlari Davlat Test Markazi tomonidan olinadi.

Shoshiling, birinchi 500 ta hujjat topshirgan abiturientlarning kirish imtihon pulini TMC instituti to'lab beradi.

Ma'lumot uchun: +99871 2070032