Get Mystery Box with random crypto!

#taklif Shoir Safar OLLOYORning “Qalb saltana | Эркин ХОЛБОБО, ТШММТБ Матбуот котиби

#taklif


Shoir Safar OLLOYORning “Qalb saltanati” nomli tanlangan asarlar to‘plamining 2-jildi taqdimoti bo'lib o'tadi.


Hurmatli kitobxonlar! "Turon" Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2023-yil 5-aprel soat 14.00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli Qaroriga asosan, 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, "KITOBXON HAFTALIGI” doirasida milliy adabiyotimizning o‘ziga xos namoyondasi, yorqin izlanishlari va kashfiyotlari orqali “Zarbuldoston”, “Qo‘shsatr”, “Eshsonetlar”, “Uchshoda” kabi yangi nazmiy janrlarga asos solgan iste’dodli shoir Safar OLLOYORning “Qalb saltanati” nomli tanlangan asarlar to‘plamining 2-jildi nashr etilishi munosabati bilan ushbu kitobning taqdimoti o‘tkaziladi.

Unda atoqli adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yo’ldosh, mazkur to‘plamdagi “Abadiyat buloqlaridan oziqlangan she’riyat” sarlavhali so’ngso’z muallifi, taniqli adabiyotshunos Gulnoz Sattorovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi.

Manzil: Olmazor tumani, Zarqaynar ko'chasi, 6-uy.