Get Mystery Box with random crypto!

Sertifikat bo'yicha xalq maqollari: Onangni otangga C1siz ko' | TKT /APTIS /CEFR/IELTS_ CERTIFICATE

Sertifikat bo'yicha xalq maqollari:

Onangni otangga C1siz ko'rsatma

Pulingdan bir puli qolsa ham C1 ol, umringdan bir kuni qolsa ham C1 ol

Sertifikati bor senga gapiraman, sertifikatsiz sen eshit.

O'qituvchini urma so'kma, sertifikatini yirt

Diplomi bor birni yiqar
Sertifikati bor mingni

Do'st C1 ololmaganingda bilinadi

Oltin olma C1 ol, C1 oltin emasmu?

C1 bilan obod uying, gar bo'lsa u vayrona ham, Gar C1 yo'q ersa, vayronadur koshona ham

O'qituvchini kelganda ko'r, C1 nini yoyganda ko'r

B2 si yo'q C1 borga kulibdi

Aptisi bor shoh bo'lgunga
IELTSi bor gado bo'l

C1 siz qiz erga yolchimas, taqsimotda darsga yolchimas

C1 bilan topganing, qandu asal totganing

Sertifikati yo'q arazlasa, oyligiga zarar

Yigit kishiga 40ta sertifikat ham oz

Sertifikati borning sertifikati yo'q bilan nima ishi bor?

Sertifikatni kopiyasi ham sertifikat

Og'zi qiyshiq bo'lsa ham sertifikati bor gapirsin

Sertifikating soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur.

Aptisni ko'zlasang yetarsan murodga,
Reading 50/50 chiqib qolsa qolarsan uyatga

Shpargalkani yashirsang, Reading natijasi oshkor qiladi

Yo sertifikating bo'lsin yo direktor fondidan ustamang

C1 ni ko'zlasang B2 olasan

Ingliz tili o'qituvchilariga yuborib qo'yamiz!

http://t.me/tktkurs80