Get Mystery Box with random crypto!

TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tkti_yangiyerf — TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal T
Telegram kanalining logotibi tkti_yangiyerf — TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tkti_yangiyerf
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.22K
Kanalning ta’rifi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy kanali
Barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://linkfly.to/30907zHG4dX

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 16:41:37
"Direktor stipendiyasi" tashkil etilganidan xabardormisiz? Mazkur stipendiya haqida ma'lumot berishimizni xoxlaysizmi?
Anonymous Poll
56%
Ha, albatta
44%
Qanday qilib "Direktor stipendiyasi" sohibi bo'lishim mumkin
316 voters735 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:55:18
Qomusimiz, Vatanimiz, xalqimiz taqdiriga befarq emasmiz

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida mamlakatmiz Konstitutsiyasiga zamon talablari, yurtimiz aholisining istak va xohishlaridan kelib chiqib, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali uni yanada takomillashtirishga qaratilgan demokratik islohotlarga bag‘ishlangan muhokama tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tashkil etilgan tadbirda O'zLiDep siyosiy partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi bo'lim boshlig'i X.Jabborov, O'zLiDep siyosiy partiyasi Yangiyer shahar kengashi rahbari N.Babaxonov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov, professor-o‘qituvchilari, faol va tashabbuskor talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil

@TKTI_Yangiyerf
816 views11:55
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:24:10
#Qabul2022

ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi:

joriy yil kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, istalgan OTMda tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi;
boshqa toifadagi abituriyentlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
Respyblika OTM bakalavriatining davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Shuningdek, OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yil 10-avgustgacha o‘tkazilishi belgilandi.

@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
682 views08:24
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:13:27
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

Bizni kuzating: @eduuz
655 views04:13
Ochish/sharhlash