Get Mystery Box with random crypto!

'Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish' mavzusida | TKTI Yangiyer filiali | Rasmiy kanal

"Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish" mavzusida seminar tashkil qilindi

8-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash olib borishda mamlakatning mavqeini oshirishga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Yangiyer shahar prokurori o'rinbosari I.Yusupov, Yangiyer shahar IIB Terorizmga qarshi kurash bo'limi tezkor vakili N.Nurillayev, filial direktori Z.Xakimov, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Ekspertlar o'z chiqishlarida so'nggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish bo’yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligini ta'kidladilar. Jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan odam savdosi va majburiy mehnatni bartaraf etish kabi ustuvor yo'nalishlarda kompleks chora-tadbirlar ko'rilmoqda, deb ta’kidlab o'tdilar.

Batafsil

@TKTI_Yangiyerf