Get Mystery Box with random crypto!

#uchrashuv Vakillarimiz Akademiya Gornikzo-Xutnitsa (AGH) fan | NMKT fakulteti rasmiy kanali

#uchrashuv

Vakillarimiz Akademiya Gornikzo-Xutnitsa (AGH) fan va texnologiyalar universitetiga tashrif davomida Akademiya Gornikzo-Xutnitsa (AGH) fan va texnologiyalar universiteti xalqaro aloqalar bo'limi bilan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Suhbat davomida bir qancha sohalarda hamkorlik qilish rejalari belgilab olindi.

Xususan o'qituvchilar almashinuvi, talabalar almashinuvi, hamda qo'shma dasturlar bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari ERASMUS dasturi doirasida va boshqa institut dasturlari doirasida talabalar almashinuvi: qo'shma diplom, keramika, materialshunoslik, avtomatika, mehatironika sohalarida talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.