Get Mystery Box with random crypto!

Tez orada O'zbekiston Energetika Forumi - UEF 2022 'Energetika | NNGQIT_ARM

Tez orada O'zbekiston Energetika Forumi - UEF 2022 "Energetika sektori: toza va barqaror energiyaga global o'tish" mavzusida bo'lib o'tadi.

23-24-iyun kunlari, Hilton Tashkent city

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ko'magi ostida o'tkazilmoqda.

Diqqat markazida - yashil energiya, vodorod iqtisodiyoti, gidroenergetika, energetikadagi innovatsiyalar, neftegaz sanoati va hokazo.

Markaziy tadbirlardan biri ShHTga a'zo davlatlar energetika vazirlarining uchrashuvidir.

Bugungi kunga qadar quyidagi davlatlar forumda ishtirok etishlarini tasdiqladilar: Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog'iston, Turkiya, Rossiya, Italiya, BAA, Shveytsariya, Singapur, O'zbekiston.

Forum homiylari: Honeywell, Areti International Group, Aveva, KMPO, Gazprom Neft (Catalytic Systems), Versalis (Eni).

Homiy, ma'ruzachi yoki delegat sifatida ro'yxatdan o'ting! Barcha savollar telefon orqali: 71 208 18 18
www.energyforum.uz

Анонс на русском языке в комментариях