Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Sh.Mirziyoyev yer yuzidagi jami musulmon ummati qato | Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

Prezident Sh.Mirziyoyev yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to‘lib turgan xalqimizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

“Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.
Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va mustahkamlashdek o‘tkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Ishonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning qalb da’vati va insoniy burchiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi”, — deyiladi tabrikda.

Bizni kuzating: @eduuz