Get Mystery Box with random crypto!

#ITPark #sertifikatlar IT Park AKT Vazirligi bilan birgali | Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Yoshlari

#ITPark #sertifikatlar

IT Park AKT Vazirligi bilan birgalikda, xalqaro IT-sertifikatini olishga sarflangan mablag‘ning 50% miqdorida kompensatsiya olishingiz mumkin bo‘lgan dasturni ishga tushirdi.

Buning uchun nimalar zarur?
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
http://www.my.gov.uz elektron portalida roʻyxatdan oʻtish;
Kerakli hujjatlarni ilova qilish (xarajatlar toʻgʻrisidagi kvitansiya nusxasi, IT-sertifikatining nusxasi);
Kompensatsiya qilinuvchi xalqaro IT-sertifikatlar ro'yxatini bu yerda ko'rishingiz mumkin: https://it-istedod.uz/ru/#certificates.

Kompensatsiya olish uchun sertifikat olingan kunidan boshlab 180 kundan kechiktirmaslik lozim.

Ro'yxatdan o'tish: https://my.gov.uz/uz/service/622

+998 71 209 11 99

Facebook | Instagram | Youtube | Website | TikTok