Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​PAYG'AMBARIMIZ ﷺ NING KO'RINISHLARI. 1.O'rta bo'y edi | Omonatimsan | Halolim

​​​​​​​​PAYG'AMBARIMIZ ﷺ NING KO'RINISHLARI.

1.O'rta bo'y edilar.
2. Ranglari oq-qizil, yuzlari bug'doyrang edi.
3. Oldinga moyil bo'lib yurardilar.
4. Ikki yelkalari orasi keng edi.
5. Kaft va qadamlari to'la, go'shtli.
6. Boshlari katta, yuzlari dumaloqroq, ko'zlari qora edi.
7. Suyaklarining qo'shilgan yeri yo'g'on.
8. Kipriklari uzun. Tana a’zolari bir-biriga mutanosib, xushbichim edi.
9. Siynadan kindikkacha uzun va ingichka moy.
10. Badanlari tuksiz.
11. Biror tarafga burilsalar, gavdalari bilan burilar edilar.
12. Peshonalari keng.
13. Qoshlari qo'shilmagan, egik edi.
14. Burunlari baland, qirrali.
15. Soqollari qalin edi.
16. Tishlari mayda, yaltiroq,
oldingi tishlari bir-biridan alohida ko'rinar edi.
17. Qorin va siynalari tekis hamda barobar.
18. Ko'kraklari keng.
19. Bilaklari uzun.
20. Ikki elkalari o'rtasida
payg'ambarlik muhri bor. Bu muhr kaptar tuxumidek
keladigan qizg'ish go'sht, usti tuk edi.
21. Yurishlari tez.
22. Barchadan ilgari salom berardilar.
23. Sochlari ikki quloq yarmiga tushadi.
24. Sochlarini tarar, bo'yar
(qora-qizil rangga) va ba’zida farq ochardilar.
25. O'ngdan boshlashni
suyardilar. Sochga yog' surtardilar. Haj va
umrada oldirganlar.
26. Ko'zlariga har kecha surma qo'yardilar.
27. Kiyimni, yirtilguncha kiyar edilar.
28. Uzuklari kumushdan bo'lib, o'ng qo'lga taqqanlar.
29. Salla o'rardilar (7-12 gaz).
30. Izorlari to'piqdan pastga tushmagan.
31. Taomni suyanib yemasdilar. Taomni ayblamas, yoqsa yer,
yoqmasa tark etar edilar.
32. Taomdan so'ng barmoqlarini uch bor yalar edilar.
33. Xontaxta ustida ovqatlanmas edilar.
34. Taomlari tovuq go'shti, qo'y go'shti, to'rg'ay go'shti, sirka, zaytun yog'i, arpa noni, non to'g'ralgan sho'rva (sarid), xurmo, talqon edi. Shirin va sovuq ichimlikni, sutni, zamzamni suyardilar.
35. Piyolalari yog'ochdan bo'lgan edi.
36. Bodringni va qovunni
(yangi) xurmo bilan qo'shib yer edilar.
37.Suv ichganlarida uch bor to'xtab-to'xtab, nafas olib ichardilar.
38. Xushbo'yliklar uchun maxsus idishlari bor edi.
40. Biror narsaga ishora qilsalar, butun kaftlari
bilan ishora qilar edilar.
41. Yettita qilichlari bo'lgan.
42. She’r o'qir va eshitar
edilar. (Shoirlari: Hasan ibn Sobit)
43. Avval ikki rakat yengil namoz o'qib, so'ngra tahajjudga kirishardilar.
44. Qiroatni harf-harf, ochiq va ravshan, har bir oyatni alohida o'qir edilar.
45. Qur’onni o'zgadan eshitishni suyar edilar
46. To'shaklari teridan, ichiga xurmo daraxti po'stlog'i solingan edi.
47. Sahobalar u zotni kutib
olish uchun o'rinlaridan turishmas edi.
48. Qayerga borsalar, bosh o'ringa o'tirardilar.
49. Uydagi vaqtlari uchga
bo'linardi: 1) Ibodat; 2) Uy ishlari; 3) Shaxsiy ishlar.
50. Har bir ishning tadbirini avvaldan qilar edilar.
51. O'zlariga erta uchun oziq-ovqat olib qo'ymas edilar.
52. Liboslariga o'zlari qarar, o'zlari yamar, jonivorlar sutini o'zlari sog'ar edilar.
53. Sariq libosni suymas edilar.
54. Hech kimni urmaganlar.
55. O'zlari darveshona hayot
kechirsalar-da, ehsonlari
shohlarnikidan a’lo edi.
56. Hadya olib, mukofot
berardilar. Hadyalarni kelgan kuniyoq (muhtojlarga) tarqatar edilar.
57. Uzoqdagi tovushlarni ham eshitar, hech kim ko'ra olmaydigan masofani bemalol ko'rar, qorong'uda ham kunduzgidek bemalol ko'raverar edilar.
58. Londa, qisqa, aniq, takallufdan xoli va ayni paytda fasohat bilan gapirar edilar.
59. Har kimning aqliga moslab so'zlar edilar.
60. Hazllariga yolg'on aralashmas edi.
61. Kulishlari chiroyli tabassum edi.
62. Dastlab ko'rgan odamni haybatlari bosar, muomala
qilib taniganidan so'ng, hamma u zotni yaxshi ko'rib qolar edi.
63. Tuya, ot minganlar
64. Bir marta haj, to'rt marta umra qilganlar.
65. Kam ovqat yer, kam uxlar edilar.
66. O'zlari uchun intiqom
olmasdilar
67. Vafot etganlarida hazrati Ali (Alloh u kishidan rozi bo'lsin) gusl qildirgan amakilari Abbos va u zotning ogillari Fazl (Alloh u kishidan rozi bolsin) yordamberganlar.
68. Qabrni Abu Talha qazigan.
69. Meroslari sadaqa qilib berilgan...

BU MALUMOTLAR HADISLARDAN OLINGAN.

SAVOB UMIDIDA DOSTLARIZGA YuBORING! ULAR HAM UL ZOTNI ESLASINLAR! ALLOH ROZI BO`LSIN
!
@omonatimsan_halolim