Get Mystery Box with random crypto!

QUR'ONDAN BA'ZI MA'LUMOTLAR ~Eng uzun sura- 'Baqara' surasi | Omonatimsan | Halolim

QUR'ONDAN BA'ZI MA'LUMOTLAR

~Eng uzun sura- "Baqara" surasi

~eng qisqa sura- "Kavsar" surasi

~eng uzun oyat- "Baqara" 282 oyat

~eng qisqa oyat- "Yosin" 10 oyat

~eng uzun kalima- "Hijr" 22 oyat.

~birinchi nozil bo'lgan oyatlar- "Aloq" surasining ilk 5 oyati.

~eng oxirgi nozil bo'lgan oyat- "Baqara" surasi,281 oyat.

~Oxirgi nozil bo'lgan sura- "Nasr" surasi.

~Qur'onni 2 oyda yodlagan kishi - Muhammad ibn Ishhob az-Zuhriy.

~har bir oyatida Allohning lafzi bor sura- "Mujodala" surasi.

~Qur'onni qiroat qilgansa osmondan farishtalar hamrohligida tushadigan kishi- Usayd ibn Huzayr raziallohu anhu.

~Ismi eng ko'p zikr qilingan- nabiy Muso alayhissalom.

~Eng kam zikr qilingan- Yasa' alayhissalom.

~Mushafga birinchi bo'lib nuqta va harakatlarni qo'ygan kishi- Abu Asvad ad-Dualiy.

~Qur'onda 10ta vov qatnashgan uch oyatli sura- "Asr" surasi.

~Qur'onda 2ta oyatda alifbo harflarining hammasi qatnashgani- "Oli Imron"-154, "Fath"-29.

~Oxiri nabiylar nomi bilan tugagan oyat-"A'lo"-19.

~Boshi mevalar bilan boshlanadigan sura- "Tiyn" (anjir).

~Qur'onda bir oyat faqat fatha harakatidan iborat- "Naziat" 23 oyat.

~Qur'onda 2 oyat borki,o'ngdan chapga yoki chapdan o'ngga o'qilsa ham to'g'ri bo'laveradi- "Mudaassir" 3 oyat,"Anbiyo" 33 oyat.

~5ta payg'ambarlar ismi Qur'onda tug'ilmaslaridan avval zikr qilingan- Muhammad Mustafo (s.a.v), Ya'qub alayhissalom, Yahyo alayhissalom, Iso alayhissalom, Ishoq alayhissalom.

~Qur'onda zikr qilingan maloikalar- Jabroil alayhissalom-Abdulloh, Mikoil alayhissalom-Ubaydulloh, Horut,Morut,Molik-olov (do'zax) ning xazinaboni.

~Qur'onda zikri kelgan solih bandalarning nomi- Imron abu Maryam,Uzayr-solih banda, Tubba'-solih podshoh, Luqmon al-Hakim,Zul-Qarnayn.

~Qur'onda zikri kelgan sahobalarning nomi- Zayd ibni Horisa raziallohu anhu.

~Qur'onda nomi kelgan ayol- Maryam binti Imron.

~Qur'onda nomi kelgan kofirlar- Qorun (Muso alayhissalomning amakilarini o'g'i), Jolut, Homon, Ozar.

~Qur'ondagi jinning nomi- ularning otalari Iblis zikr qilingan- Azozil.

~Qur'ondagi qavmlarning nomi- Nuh alayhissalom, Lut alayhissalom, Tubba', Ibrohim alayhissalom, daraxt egalari, Uhud egalari.

~Qur'onda zikr qilingan sanamlar- Nuh qavmi sanamlari: Vad, Suvu, Yag'us, Ya'uq, Nasr.

~Mushriklarning sanamlari- Lot, Uzzo, Manot.

~Qur'ondagi adadlar: Qur'on 30 pora,60hizb 240ta 1/4 talikdir. 1 hizb yarim pora, 1 pora 8 ta 1/4talik. 114ta sura, 77934 ta kalima, 323670 ta harf, 6236 ta oyatlardan tashkil topgan. Madaniy suralar 28ta, makkiylari-86 ta.

~Suralarning boshlanishi:
- 29 ta sura hijo harflari bilan.
-10 sura Rasululloh (s.a.v) ga nido bilan; Azhob, Taloq, Tahrim, Muzzammil,Muddassir, Niso, Moida, Haj, Hujutot, Mumtahana.
-23 ta sura jumlai xabariya bilan; Anfol, Tavbo, Nahl, Anbiyo, Muminun, Nur, Zumar, Muhammad, Fath, Qamar, Ar-Rohman, Mujodala, Haqqo, Maorij, Nuh, Bayyina, Qiyomat, Balad, Abasa, Qadr, Qoriat, Takasur, Kavsar.
-2 ta sura maloikalar bilan- Soffat, Naziat.
-2 ta sura falakka qasam bilan- Buruj, Toriq.
-2 ta sura havoga qasam bilan- Zariat, Mursala.
-1 ta sura tog'ga qasam bilan- At-Tur.
-1ta sura o'simliklarga qasam bilan- Tin.
-1 ta sura chorva hayvonlari bilan- Adiyat.
-7 ta sura shart bilan- Voqea, Munofiqun, Takvir, Infitor, Inshiqoq, Zalzala, Nasr.
- 6ta sura amr-buyruq bilan- Jin, Aloq, Kofirlar, Ixlos, Falaq, Nos.
-5ta sura so'roq bilan- G'oshiya, Naba', Iarh, Fil, Maun.
-3ta sura duo bilan- Mutaffifin, Humoza, Masad.
-1 ta sura ayblov bilan- Quraysh surasi.
~bibi muslima


@omonatimsan_halolim ||♡ Jannat Yuzli Halollar Maskani