Get Mystery Box with random crypto!

Prezident suv toshqinlaridan himoya qilish choralarini ko‘rish | TIM.Uz

Prezident suv toshqinlaridan himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Joriy yilning bahorida suv toshqini oqibatida 9 kishi va 450 dan ortiq chorva nobud bo‘lgan, 245 uy va 19 ko‘prik zarar ko‘rgan. Prezident favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Shavkat Mirziyoyev g‘allachilik sohasidagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasini ko‘tardi.
Qayd etilishicha, joriy yilning mart-may oylarida kuchli yog‘ingarchilik tufayli Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va ko‘chkilar sodir bo‘lgan. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan, 245 ta uy, 19 ta ko‘prik vayron bo‘lgan, 450 boshdan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.