Get Mystery Box with random crypto!

....Sizni kutmagan joyga ~ oshiqmang, bormang... ....siz uchun | Tilsiz dil

....Sizni kutmagan joyga ~ oshiqmang, bormang...
....siz uchun yopilgan eshikni ~ taqqillatmang, ochmang...
....xaqiqiylari siz bilan qoladi, soxtalari baribir ketadi..
....qichqirmang, faryod urmang, sizni tushunadiganlar ohista shiviringizni, goxo sukutingiznida tushunadilar...
....kimga siz qadrlisiz ~ ular siz uchun albatta vaqt topadilar..
....kimga kerak emassiz ~ bor vaqtinida qizgʻonadilar...
....yoningizdagi siz unga kerak boʻlgan insonlarni qadrlang...
....siz unga kerak emas odamni qoʻyib yuboring, ushlamang...
....Shoshilmang. Hamma narsani oʻz vaqti bor..
....hayot aslida juda oddiy.....Biz uni oʻz dunyoqarashlarimiz bilan oʻzimiz uchun yasab olgan muammolarimiz bilan murakkablashtiramiz xolos..!

Malika Salimova


@tilsiz_dil